Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yangidan tashkil etishni buyurdi. Bunda «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» bir tizimga birlashtiriladi, har bir oilaning yagona raqamli pasporti ishlab chiqiladi. 2023 yilda yana 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilmoqda.
Uzbekistan Airways «Temir daftar»ga kiritilgan ayollar uchun «Ilk parvozim» ijtimoiy loyihasi boshlanganini ma’lum qildi. Uning doirasida shu vaqtgacha samolyotda uchmagan ayollar O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylariga parvoz qiladilar.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqildi. Uning doirasida ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasi yaratilib, barcha «daftarlar» ijtimoiy himoya yagona reyestriga birlashtiriladi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarning 3 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmonlar berish dasturi qabul qilinadi.
Prezident qarori bilan joriy yilda «Temir daftar» ga kiritilganlar, 18 yoshga to‘lmagan farzandi bor boquvchisini yo‘qotganlar pensiyasini oluvchi oilalar hamda 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchilarga bir martalik 800 ming so‘m miqdorida moddiy yordam beriladi.
Prezident farmoni bilan, avgust oyida «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandlari uchun 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, farmon bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa qator choralar e’lon qilindi.
Yosh oilalarga ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun 2 mingta kvota ajratilib, byudjetdan 60 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar forumida. Ularning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi. Shuningdek, «Daftarlar»ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda «temir daftar"lar singari, ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida («Yoshlar daftari»), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida («Ayollar daftari») ro‘yxatlar shakllantirish topshirildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 160 mingta oila moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatidan («temir daftar») chiqarildi. Ular o‘rniga yana shuncha yangi oila kiritildi va ularga ham bir martalik moddiy yordam to‘lanadi.
Senat raisi «temir daftar»ni shakllantirish va yuritish tizimi ayrim hududlarda aholi noroziligiga olib kelayotganini aytib o‘tdi. «Temir daftar» tizimi ochiq, shaffof bo‘lishi va ajratilgan mablag‘larni taqsimlash jarayonida inson omilini maksimal darajada kisqartirishi kerakligi bildirildi. Buning uchun tizimga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish muhimligi qayd etildi.
«Temir daftar» o‘zi nima? Unga kimlar kiritiladi? U qanday shakllantiriladi? Ushbu savollarga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva javob berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting